ArzuCAD — sun’iy intellektli chizmachi. «3×4 yotoqxona plani, eshik va o‘lchamlar bilan» deysiz — u devorlar, eshik-derazalar, o‘q chiziqlari, o‘lchamlar va shtampgacha to‘liq professional chizmani tayyorlaydi.
Oddiy qavat rejasi uchun ham AutoCAD’da soatlab chizish, o‘lcham qo‘yish, qatlamlarni tartiblash kerak. ArzuCAD buni daqiqaga tushiradi.
«2 xonali kvartira plani, kolonnali, o‘lchamlar bilan» — oddiy til kifoya.
Agent devor, eshik-deraza, o‘q chiziqlar, o‘lchamlar va shtampni o‘zi joylashtiradi.
Jonli 2D oynada kuzatasiz. Xohlagan o‘zgartirishni yozib ayтасiz.
DXF — AutoCAD’da ochiladi. PDF — har varaq alohida sahifa, chop etishga tayyor.
Real loyiha standartlari asosida: o‘q chiziqlar, ko‘p qatlamli o‘lcham zanjirlari, shtrixlangan qirqimlar, balandlik belgilari.
Reja tuzadi va o‘nlab chizish amallarini o‘zi ketma-ket bajaradi — siz faqat natijani ko‘rasiz.
Devorlar markaziy chiziq bo‘yicha, eshik-deraza joyida avtomatik uziladi. Qo‘sh devor yo‘q.
A-B-C / 1-2-3 o‘q chiziqlari doirali belgilar bilan, kolonnalar to‘r kesishmalarida.
Plan, fasad, qirqim — har biri alohida varaqda, shtamp va ramka bilan. PDF’da har varaq sahifa.
DXF + .scr skript: AutoCAD’da ARZU buyrug‘i bilan chizma bevosita chiziladi. Mac va Windows.
Eski plan rasmini yuklang — AI uni o‘rganib, real o‘lchamli CAD chizmaga aylantiradi.
Google bilan kiring — kuniga 5 ta chizma bepul. Karta shart emas.
🚀 Demo’ni ochish